Foto: Yandex Photos
UFC chempionlik kamariga da’vogar Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovning UFC 249 kechasidan o‘rin olgan jang bekor qilingani borasidagi gapiga munosabat bildirdi.
Jang 18 aprel kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangandi, biroq Habib Rossiyani tark etmasligini ma’lum qildi.
«Yigit jang qilishni istamayapti. U qo‘rqib qolgan, qochmoqda. Shu sabab uni sovrindan mahrum qilish kerak», — deya Fergyuson so‘zlarini keltirmoqda ESPN.
Shuningdek, Fergyuson Twitter orqali ham o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz uni qo‘rqitib qo‘ydik. Unda Abu-Dabi orqali AQSHga qaytish imkoniyat bor edi. Unda samolyotga o‘tirish va qaytish uchun barcha imkoniyat bor. U ikkinchi bor qochib qoldi.
Men yollanma qotilman. Habib va Konor laycha itdek oyog‘ini qo‘lga olib qochmoqda. Habib — yaramas. Unga boshidagi shlyapa bilan polni artishimni aytgandim, yigitcha qochib qoldi», — deydi Fergyuson.
Habib va Toni o‘rtasidagi jang beshinchi marta bekor qilindi. Mazkur sportchilar o‘rtasidagi jang ilk bor 2015 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi