Foto: «Google Images»
AQSH Federal qidiruv byurosi bir necha yildan buyon davom etayotgan tergov-surishtiruv yakunida FIFAning bir qator sobiq rahbarlariga ayblov e’lon qildi. Ular jahon chempionati o‘tkazish huquqini berish evaziga Rossiya va Qatardan pora olganlikda gumonlanmoqda.
Tergovchilarga ko‘ra, xalqaro futbol uyushmasi sobiq vitse-prezidenti Jek Uorner Rossiya rasmiylaridan 5 million dollar pora olgan.
2010 yil 1 noyabr kuni J.Uornerning yordamchisi elektron pochtasiga «Iltimos, unga (ya’ni Uornerga – tahr.) kelishuv shartlari ushbu haftada bajarilishini yetkazib qo‘ying» degan mazmunda xabarnoma keladi. Kelgusi oy davomida esa J.Uorner bank hisob raqamiga 5 million dollar kelib tushadi. Ushbu mablag‘ Kipr hamda Virginiya orollaridagi ofshor kompaniyalar orqali o‘tkaziladi.
Jek Uorner Trinidad va Tobago davlati fuqarosi bo‘lib, AQSH hozirgacha uni ekstraditsiya qilishning uddasidan chiqqani yo‘q.
Ayblov tomoniga ko‘ra, FIFA ijroiya qo‘mitasining boshqa bir sobiq a’zosi Rafael Salgeroga 1 million dollar pora va’da qilingan. Gvatemalalik mulozim aybini tan olgan va futboldan umrbod chetlatilgan.
AQSH prokurorlari Janubiy Amerika futbol federatsiyasi sobiq prezidenti Nikolas Leos hamda Braziliya futbol federatsiyasi rahbari Rikardo Tesheyra ham Qatarni qo‘llab-quvvatlash evaziga pora olgan deb hisoblaydi. Nikolas Leos o‘tgan yili, vatani Paragvayda uy qamog‘ini o‘tash payti vafot etdi. Rikardo Tesheyra esa umrbod futboldan «badarg‘a» etildi.
Qayd etish joizki, Rossiya ayblovlarga qaramay 2018 yilda jahon chempionatini o‘tkazib olishga ulgurdi. Qatar esa 2022 yilda eng nufuzli futbol turniriga mezbonlik qilishi ko‘zda tutilgan.
FIFA rahbariyati 2010 yildagi ovoz berish yakunlariga ko‘ra, navbatdagi jahon chempionatlarini o‘tkazish huquqini Rossiya (2018) hamda Qatarga (2022) taqdim etgan. Keyinroq xalqaro futbol uyushmasi rahbariyati buning evaziga katta miqdorda pora olgani borasida ayblovlar yangradi. Shu tariqa FIFA prezidenti Zepp Blatter va UYEFA yetakchisi Mishel Platini majburan iste’fo berdi. Korrupsiyaga oid jinoiy ish doirasida 42 nafar katta-kichik mulozimlarga ayblov e’lon qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi