2 887
«Paxtakor» sport direktori: «Masharipovni Eron klubiga sotmaymiz, ularga bir marta futbolchi berib kuydik»
Foto: «Paxtakor» matbuot xizmati
«Paxtakor» sport direktori Jafar Irismetov jamoa hujumkor yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovga bo‘layotgan qiziqishlar borasida gapirdi.
«Masharipov borasida juda ko‘plab takliflar kelib tushadi — har hafta, har oy. Biroq hozirda u «Paxtakor»ga kerak, biz Chempionlar Ligasida natija ko‘rsatmoqchimiz. Shu bilan bir qatorda futbolchining kelajagiga ham xalal bermoqchi emasmiz. Ya’ni unga Yevropaning yaxshi klubidan taklif tushadigan bo‘lsa, buni ko‘rib chiqishga tayyormiz.
«Istiqlol»dan taklif bo‘ldimi? Eronning juda ko‘p jamoalaridan taklif bo‘ldi. Biroq uni aynan «Istiqlol»ga bermaymiz. Sababi Ismoil Gonsalveshni ularga transfer qilib, kuydik desak ham bo‘ladi. Kuydik desam xato bo‘lar, ammo «Istiqlol» hali ham transfer pulini to‘lagani yo‘q. Eron klublari bilan ishlashni xohlamasdik, ularning ko‘pchiligi juda g‘irrom ish qiladi. Shuningdek, menimcha, Masharipov uchun Eron chempionatiga o‘tish ortga chekinish bo‘ladi», — deydi Irismetov «Tezkor studiya» dasturida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi