11:13 / 28.04.2020
1 977

FIFA o‘yin vaqtida o‘yinchilarni almashtirish sonini ko‘paytirishni taklif qildi

FIFA o‘yin vaqtida o‘yinchilarni almashtirish sonini ko‘paytirishni taklif qildi
Foto: korrespondent.net
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bahslar davomida o‘yinchilarni almashtirishlar sonini uchtadan beshtaga oshirmoqchi. Bu haqda tashkilot vakiliga tayanib “Sky Sports” xabar bermoqda.

Izohlanishicha, chempionat to‘xtatilganligi sababli futbolchilar to‘liq mashg‘ulotlarda qatnashmayapti va hozir ularning jismoniy ahvoli yaxshi holatda emas. Ammo musobaqalar qayta tiklanganidan so‘ng sportchilar qisqa vaqt ichida ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun haddan tashqari yuk tufayli jarohat olish ehtimoli ortadi. O‘zgartirishlar sonining ko‘payishi futbolchilarning salomatligini asrashga xizmat qiladi.

FIFAning taklifini Xalqaro futbol uyushmalari kengashi ma’qullashi kerak. Ta’kidlanishicha, qaror keyingi mavsumga, shuningdek, 2021 yil yozida o‘tkazilishi kutilayotgan Yevropa chempionati uchun amal qilishi mumkin.
Ma’lumki, ayrim davlatlarni hisobga olmaganda barcha futbol musobaqalari pandemiya tufayli vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA o‘yin vaqtida o‘yinchilarni almashtirish sonini ko‘paytirishni taklif qildi