23:08 / 28.04.2020
4 409

Firuza Sharipova Aleksandr Usikka javob qaytardi

Firuza Sharipova Aleksandr Usikka javob qaytardi
Yengil va yarim yengil vazn toifasidagi jahon chempioni qozog‘istonlik Firuza Sharipova (10-1-0, 5 KO) ukrainalik bokschi Aleksandr Usikning qizlar boks va MMA bilan shug‘ullanmaslik kerakligi haqidagi gaplariga javob berdi.

Aleksandr Usikni Sofiya Ochigava bilan jangimizga taklif qilaman! Men ayollar boksida joziba bor ekanligini va ayol bokschilar chiroyli va nazokatli bo‘lishini ko‘rsatmoqchiman. Nega qizlar boks bilan shug‘ullana olmaydi? Hech qanday noqonuniy yoki axloqsiz harakatlar qilmasa...

- Ayrim amaldorlarning bunday munosabati va noto‘g‘ri qarashlari ayollar boksini rivojlantirish va ommalashtirishga xalaqit bermoqda. Boks, birinchi navbatda, sport turidir! Shu jumladan jinsga oid nuqtai nazarga ega bo‘lishi kerak emas. Men 15 yildan beri boks bilan shug‘ullanaman. Nazokatli ko‘rinyapmanmi? Aleksandr! Men sizning faoliyatingizni uzoq vaqtdan beri kuzatib kelmoqdaman. Texnikangiz, oyoqlaringizdagi harakatlar va har bir jangga tayyorgarlik darajangiz menga yoqadi. Men sizning muxlisingizman!
” - deb yozdi Sharipova Instagram sahifasiga.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Firuza Sharipova Aleksandr Usikka javob qaytardi