19:17 / 30.04.2020
2 500

Diyor Imomxo‘jayev: PFL ehtiyotkorlik yuzasidan ruxsat so‘ragan

Diyor Imomxo‘jayev: PFL ehtiyotkorlik yuzasidan ruxsat so‘ragan
Yurtimizda karantin talablari yumshatilmoqda. Bu esa futbol sohasi vakillariga ham yengillik berishi mumkin. Futbolchilar klub bazasida yopiq tarzida mashg‘ulotlarga kirishishi mumkin. PFL vakili Diyor Imomxo‘jayev ham shunday fikrda.

- Karantin talablari ancha yumshatilayotganidan kelib chiqsa, menimcha futbolchilarning yopiq sharoitda mashg‘ulotlarga qaytishlariga ham ruxsat bersa bo‘lsa kerak. Chunki ularning ham ish joyi bilan shartnomasi bor, ular ham siz-u biz kabi ertalab ishga borib, kechki vaqt uyiga qaytishi mumkin. Buning uchun biz hamon rasmiy ruxsatnomani kutmoqdamiz.

O‘zPFL ehtiyotkorlik yuzasidan aynan yopiq mashg‘ulot uchun ruxsat so‘ragan. Buning yaxshi tomoni shundaki, birinchi galda bazaga kirayotgan har bir futbolchini qaytadan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, ular o‘sha bazada istiqomat qiladi va vaqtincha tashqi muhitdan uziladi, klub shifokorining nazoratida bo‘ladi. Buning uchun klublarga rasmiy ruxsatdan tashqari, yana bir qator masalalarda yordam kerak bo‘ladi.

Aytaylik, futbolchilar karantinni o‘z oilasi davrasida o‘tkazdi. Ya’ni, ularning ayrimlari o‘z klublari qaramog‘iga yetib borishi uchun bir qator viloyatlarni bosib o‘tishi kerak. Demak, ular cheklovlarni buzmasliklari uchun mexanizm bo‘lishi kerak.

Ayrim klublarda moliyaviy qiyinchiliklar mavjud. Sir emaski, futbolchilarni bazada to‘plash uchun mablag‘ talab etiladi. Futbol klublari bosh direktorlari bilan bugun bo‘lib o‘tgan videomajlisda shu masala ko‘tarildi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur masala yuzasidan ish olib borishga va’da berdi.

Bu harakatlarning barchasi, albatta, vaqtdan yutqazib qo‘ymaslik uchun. Shuning uchun ham biz bugun Respubika maxsus komissiyasining xulosasiga muhtojmiz. Ya’ni, mashg‘ulotlarni qachondan va qay ko‘rinishda boshlashimiz mumkin, futbol uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazib turamizmi yoki muxlislar tashrifiga ham ruxsat berilishi mumkinmi, ruxsat berilsa, jamoalar, hakamlar, TV xodimlari va OAV vakillari uchun alohida ruxsatnoma mexanizmini shakllantirish mumkinmi kabi masalalar biz uchun dolzarb. Chunki, klublar talabidan kelib chiqib, biz futbolchilar tiklanib olishlari uchun kamida ikki hafta vaqt berishimiz va shundan kelib chiqib, yangi taqvimni shakllantirishimiz kerak bo‘ladi, - deya yozib qoldirdi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: PFL ehtiyotkorlik yuzasidan ruxsat so‘ragan