22:55 / 01.05.2020
2 892

"Energetik-BGU" ustozi Yaxshiboyev haqida gapirdi

"Energetik-BGU" ustozi Yaxshiboyev haqida gapirdi
Belarus chempionati 7-turidan o‘rin olgan "Smolevichi" - "Energetik-BGU" (0:2) uchrashuvidan so‘ng minskliklar ustozi Vladimir Belyavskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ruhiy jihatdan qiyin o‘yin bo‘ldi. Barchaga ochko zarur. Yigitlarga jadvalga qaramasliklarini aytdim, ammo barcha qaraydi. O‘yin bo‘lsa, ochkolar bo‘ladi. Ikkinchi bo‘limda ko‘plab qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ikkinchi golni vaqtliroq kiritganimizda, bu osonroq bo‘lar edi.

- Jamoangiz qaysi stadionda o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadi?
- Hozircha ayta olmayman. Klub direktori javob beradi. Borisovda "Gorodskoy" bor, boshqa stadionlar ham.

- Yaxshiboyevda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, biroq omad yuz o‘girdi.
- U boshqa mamlakatdan kelgan. Hozir Ramazon oyi va u ro‘za tutmoqda. Bunday vaziyatda juda ham qiyin. Jasur ikki taym o‘ynay oldi, barakalla. O‘ylashimcha, u o‘z o‘yiniga qo‘shib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Energetik-BGU" ustozi Yaxshiboyev haqida gapirdi