2 725
Taysonning murabbiyi: Mayk 53 yoshida ham mashg‘ulotlarda yosh yigitlardek kuch va tezlik namoyish qilmoqda
Foto: Twitter
Boks murabbiyi Rafael Kordeyro superog‘ir vazn toifasining sobiq mutlaq chempioni Mayk Taysonning ringga qaytayotganiga munosabat bildirdi. Mutaxassisning fikricha, 53 yoshli bokschi o‘zining tezlik va kuchini yo‘qotmagan.
«Mayk 10 yildan oshiq vaqt davomida zarbalar ustida ishlamagandi, shu sabab u namoyish qilayotgan jarayonni ko‘raman deb kutmagandim. Tayson o‘zining 53 yoshida 21-22 yoshli yigitlarnikidek kuch va tezlik ko‘rsatmoqda.
Ringga qaytadimi? Buni ayta olmayman. Agar u biror nima qilishni istasa, biz bunga yuz foiz tayyor bo‘lamiz. Evander Holifild bilan uchinchi jangni tasavvur qila olarmidingiz?», — deydi Kordeyro.
Avvalroq Tayson professional janglarda ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. U so‘nggi bor 2005 yilda jang o‘tkazgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...