18:30 / 09.05.2020
2 667

Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi g‘alabaga qozondi (video)

Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi g‘alabaga qozondi (video)
Foto: «Sonnam»
Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 1-turida «Kvanju» va «Sonnam» jamoalari 9 may, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskandarov jamoalari qarama qarshiligida sonnamliklarning qo‘li baland keldi. Yan Don Hyon 4 va 12-daqiqalarda maydon egalari darvozasini ishg‘ol qilgan holda «Sonnam»ning g‘alabasini ta’minladi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchilar to‘liq harakat qildi. Shu tariqa, Iskandarov K-Ligadagi debyutini g‘alaba bilan boshladi.

10 may kuni yana ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchi harakat qilayotgan klublar o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Doston Tursunov jamoasi «Pusan Ay Park» safarda «Poxang Stilers»ga qarshi bahs yuritsa, Ikrom Aliboyev klubi «Seul» «Kanvon» mehmoni bo‘ladi.

«Ulsan Hyonday» — «Sangju Sangmu» 4:0
Gollar:
1:0 — 8 Junior Negao, 2:0 — 45, penalti Junior Negao, 3:0 — 51 Li San Hon, 4:0 — 75 Yun Bit Garam.

«Inchhon Yunayted» — «Tegu» 0:0
«Kvanju» — «Sonnam» 0:2
Gollar:
0:1 — 4 Yan Don Hyon, 0:2 — 12 Yan Don Hyon.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya chempionatidagi o‘zbek duelida Jamshid Iskandarov jamoasi g‘alabaga qozondi (video)