
Foto: Twitter/@kleague
UzReport telekanali futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionati translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda telekanal rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Key-Liga chempionligi uchun asosiy da’vogarlar ishtirokidagi bahslarni translyatsiya qilish rejalashtirilgan. Telekanalning ilk namoyishi 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Kanvon» — «Seul» uchrashuvi bo‘ladi. Ikrom Aliboyev jamoasi ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan 12:30 da boshlanadi.
8 may sanasida start olgan Key-Ligada to‘rt nafar o‘zbekistonlik futbolchilar ishtirok etadi. Ular: Ikrom Aliboyev («Seul»), Jamshid Iskandarov («Sonnam»), Rustam Ashurmatov («Kvanju») va Doston Tursunov («Pusan Ay Park»). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing