Belarusning "Energetik-BGU" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboyev mahalliy OAVga intervyu berdi. U ushbu suhbat davomida Arveladze bilan kelishmovchilik bois "Paxtakor"ga qaytmoqchi emasligini ta’kidladi.
"Yevropaga ketishni istayman. Qolaversa, "Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze bilan o‘rtamizda tushunmovchilik bor. U meni zaxiraga olganda, u bilan salomlashmaganman. Barchasi shundan boshlangan. Shundan so‘ng zaxira o‘rindig‘ida qola boshladim. Maydonga tushsam ham so‘nggi 10-15 daqiqaga tushdim. Bu vaqt oralig‘ida nimaga ulgurish mumkin?
Shu tariqa, to‘pni his qilishni, o‘yin tempini, sport formamni yo‘qotdim. To‘pni qabul qilib olganimda, uni nima qilish kerak ekanligini eslay olmadim. Yaxshi o‘ynay boshlasam ham kelgusi uchrashuvda zaxirada qolaverdim. Bu katta tushkunlikka olib keladi.
Hozir "Energetik-BGU"da barchasi boshqacha. Murabbiylar menga ishonch bildirmoqda. O‘zimni jamoaga kerakli va foydali, deb his qila boshladim. Ularning ishonchini oqlashga harakat qilyapman", - dedi Yaxshiboyev.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Belarus chempionatida 8 bahsda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas