
Foto: Twitter / @teamkhabib
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov yangi da’vogar Jastin Getjiga murojaat qildi.
«Bu sportda va ayniqsa ushbu vazn toifasida ortingda har doim och sherlar bo‘ladi. Biri ketadi va boshqasi keladi, bu yerda hayron qolarli joyi yo‘q. Biroq men o‘q uzilishidan avval yiqilmayman. Biz hali jang qilamiz», — deya yozadi Nurmagomedov.
Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni beshingchi raundda nokautga uchratdi va Habibga qarshi jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylandi. Jangdan so‘ng Jastin Habibga qarshi oktagonga chiqish niyati jiddiy ekanligini bildirdi.
UFC ChempioniHabib NurmagomedovJastin GetjiYengil VaznJang QilishNokautga Uchratdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar