
"Liverpul" ham "Roma" yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Il Tempo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 20 yoshli italiyalik iqtidor egasini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Rim klubi esa koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz tufayli Dzanoloni sotishga tayyor. Unga esa "Liverpul"dan tashqari “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” ham xaridor bo‘lmoqda.
Nikolo Dzanolo joriy mavsum “Roma” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2024 yilga qadar imzolangan.
LiverpulRomaNikolo DzanoloTransferlar DavriFutbol YangiliklariIqtidor Egasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar