
Moskvaning "Lokomotiv"ida katta "tozalash ishlari" bo‘lishi kutilmoqda.
"Championat.com" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, jamoani yozda Anton Kochenkov, Aleksandr Kolomeysev, Jefferson Farfan, Boris Rotenberg va Joau Mariu kabi futbolchilar tark etishi aniq bo‘lgan.
Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, Eder va Machey Ribusning klub bilan shartnomasi yakunlanmoqda, jamoaning yangi bosh murabbiyi Marko Nikolich hali ushbu futbolchilar borasida bir qarorga kelmagan.
Undan tashqari, Nikolich uchun Brayan Idovu va Solomon Kverkveliya kerak bo‘lmayapti.
Shuningdek, Fedor Smolov hamda Benedikt Xevedesning jamoadan ketishi inkor qilinmayapti.
MoskvaLokomotivKatta TozalashAnton KochenkovAleksandr KolomeysevYangi Murabbiy O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar