12:47 / 29.05.2020
3 373

Jastin Getji Habib Nurmagomedovni mag‘lub etish yo‘llarini ma’lum qildi

Jastin Getji Habib Nurmagomedovni mag‘lub etish yo‘llarini ma’lum qildi
Foto: UFC
Yengil vazn toifasida UFC’ning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji chempion Habib Nurmagomedovga qarshi ehtimoliy bo‘lajak jang haqida fikr bildirdi.

«Habibga qarshi jangda hal qiluvchi jihat joyni to‘g‘ri tanlashimda bo‘ladi. To‘rdan uzoqroq yurishim juda muhim. Agar Habib oktagon o‘rtasida oyog‘ingga yetib borsa, u teykdaunni yakunlash uchun seni to‘rga olib borishga harakat qiladi. U bu usulni ochiq hududda yakunlamaydi.

Boldirga yo‘naltiradigan zarbalarim raqib uchun juda yoqimsiz. Men endi tizzadan yuqorisiga tepmayman. Bu usul masofani saqlashda ancha xavfsiz hisoblanadi.

Habibga to‘rt marta teginaman va u qiyin holatda qoladi. U oyoqqa yetib kelishi mumkin, biroq nima bo‘lgan taqdirda ham unga meni ortimdagi to‘r kerak bo‘ladi. Agar yaqin atrofda to‘r bo‘lmasa, unda muammo paydo bo‘ladi. U markazdagi parter holatida meni bir necha bor aylantirishi mumkin, biroq hammasini yakunlash uchun meni to‘r yaqiniga olib borishga intiladi
», — deydi Getji.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni mag‘lub etgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi. Habib va Getji o‘rtasidagi jang sentabr oyida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jastin Getji Habib Nurmagomedovni mag‘lub etish yo‘llarini ma’lum qildi