Foto: UFC
Yengil vazn toifasida UFC’ning vaqtinchalik chempioni Jastin Getji chempion Habib Nurmagomedovga qarshi ehtimoliy bo‘lajak jang haqida fikr bildirdi.
«Habibga qarshi jangda hal qiluvchi jihat joyni to‘g‘ri tanlashimda bo‘ladi. To‘rdan uzoqroq yurishim juda muhim. Agar Habib oktagon o‘rtasida oyog‘ingga yetib borsa, u teykdaunni yakunlash uchun seni to‘rga olib borishga harakat qiladi. U bu usulni ochiq hududda yakunlamaydi.
Boldirga yo‘naltiradigan zarbalarim raqib uchun juda yoqimsiz. Men endi tizzadan yuqorisiga tepmayman. Bu usul masofani saqlashda ancha xavfsiz hisoblanadi.
Habibga to‘rt marta teginaman va u qiyin holatda qoladi. U oyoqqa yetib kelishi mumkin, biroq nima bo‘lgan taqdirda ham unga meni ortimdagi to‘r kerak bo‘ladi. Agar yaqin atrofda to‘r bo‘lmasa, unda muammo paydo bo‘ladi. U markazdagi parter holatida meni bir necha bor aylantirishi mumkin, biroq hammasini yakunlash uchun meni to‘r yaqiniga olib borishga intiladi», — deydi Getji.
Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji UFC 249 musobaqasida Toni Fergyusonni mag‘lub etgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi. Habib va Getji o‘rtasidagi jang sentabr oyida bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi