Foto: «Eurosport»
Ispaniyaning «Barselona» klubi yulduzi Lionel Messining fikricha, koronavirus pandemiyasi futbol, umuman, dunyoni o‘zgartirib yubordi.
«Bu voqealardan so‘ng dunyo qanday bo‘ladi — ko‘pchiligimiz tasavvur ham qila olmaymiz. Vaziyat favqulodda yuz berib, barchamizni dog‘da qoldirdi, oqibatda aksariyat uchun og‘ir damlar boshlandi. Pandemiya har bir kishiga ta’sir ko‘rsatdi. Odamlar yaqinlaridan, do‘stlaridan judo bo‘lishyapti, hatto ular bilan tuzukroq vidolashish imkoniyatiga ham ega emaslar. Bu adolatdan emas. Futbol ham xuddi hayotimiz singari endi oldingidek bo‘lmaydi», — «El Pais» Messidan ana shunday iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, jahonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 6 million nafardan oshib ketdi. Lionel Messi «Barselona»da to‘p suradigan Ispaniya koronavirus qayd etilishi bo‘yicha jahondagi beshinchi mamlakatga aylandi (239 mingdan ko‘p holat).
Koronavirus pandemiyasi sababli Ispaniya chempionati mart oyida to‘xtatilgan edi. Chempionatga 11 iyun kuni qayta start berish rejalashtirilgan. Turnir jadvalini «Real Madrid»ni ikki ochkoga ortda qoldirayotgan «Barselona boshqarmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi