09:49 / 03.06.2020
3 072

"Nasaf" muxlislari uchun ajoyib yangilik

"Nasaf" muxlislari uchun ajoyib yangilik
"Nasaf" klubi o‘z "Telegram" sahifasida muxlislarini Superliga bahslari tomoshabiniga aylanishga chaqirmoqda.
Quyida e’lon bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

"Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari va jamoamizning sodiq muxlislari. Barchaga ma’lumki, 13 iyundan O‘zbekiston "Koka-kola Superligasi"ning 2020 yilgi mavsumiga restart beriladi.

Superliganing 2020 yilgi mavsumi 4 tur uchrashuvlari 13-14-15 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tur doirasida jamoamiz 14 iyun kuni o‘z maydonida «Navbahor» jamoasini qabul qiladi. Butun jahonda koronavirus pandemiyasi sababli barcha futbol o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkazilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston "Koka-kola Superligasi"da ham uchrashuvlar bo‘sh stadionlarda bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yildi.

Biroq siz jamoamizning barcha uy uchrashuvlarida stadiondagi muxlisiga aylanishingiz mumkin. Qanday qilib, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bunga yorqin misol qilib Germaniya bundesligasi va bir qator jahon futbol ligalarini ko‘rsatishimiz mumkin. Pandemiya tufayli tomoshabinlarsiz bo‘layotgan uchrashuvlarda jamoalarini yolg‘izlatib qo‘ymaslik uchun muxlislar o‘z suratlarini stadion sektorlariga joylashtirgan holda fotomuxlisga aylanishmoqda.

Biz ham jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida shu kabi tadbirlarni amalga oshirish niyatidamiz. Endilikda muxlislarimiz uchrashuvlarga tashrif buyura olmasalarda, o‘z suratlari bilan fotomuxlisga aylanib jamoamizni qo‘llab-quvvatlashlari va ularga ruhan dalda bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun marketing bo‘limi xodimi Sanjar Sayfiyev yoki muxlislar bilan ishlovchi mutaxassis O‘ktam Uzoqovlarga murojaat qilishingiz mumkin!

S. Sayfiyev 91 224 74 74
O‘. Uzoqov 91 462 21 99

Fotosuratlaringiz har bir uchrashuvda muntazam muxlislar sektoriga qo‘yib boriladi.
«Nasaf» muxlislar uchun, muxlislar «Nasaf» uchun!
Biz birgalikda katta kuchmiz olg‘a «Ajdarlar»!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" muxlislari uchun ajoyib yangilik