
Foto: Getty Images
Ispaniyaning «Marca» nashri XXI asrning eng yaxshi sportchilaridan iborat reytingni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, suzish bo‘yicha 23 karra Olimpiada chempioni Maykl Felps 1-o‘rinda qayd etilgan.
Avstraliyalik suzuvchidan keyingi 2-pog‘onadan yengil atletika bo‘yicha ko‘p karra jahon va Olimpiada chempioni yamaykalik sprinter Useyn Bolt joy olgan. Uchinchi o‘rinni esa tennis bo‘yicha katta shlem tasnifidagi turnirlarning 20 karra g‘olibi shveysariyalik Rojer Federer egalladi.
Reytingning o‘nligida «Barselona»ning argentinalik forvardi Lionel Messi 7-o‘rinda ko‘rsatilgan bo‘lsa «Yuventus»ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu 10-pog‘onadan o‘rin olgan.
XXI asrning eng yaxshi sportchilari o‘nligi («Marca» nashri talqini):
1. Maykl Felps (suzish)
2. Useyn Bolt (yugurish)
3. Rodjer Federer (tennis)
4. Rafael Nadal (tennis)
5. Kobi Brayant (basketbol)
6. Tayger Vuds (golf)
7. Lionel Messi (futbol)
8. Lyuis Xemilton (avtopoyga)
9. Valentino Rossi (motopoyga)
10. Krishtianu Ronaldu (futbol).
XXI AsrEng Yaxshi SportchilarMaykl FelpsUseyn BoltRodjer FedererLionel MessiKrishtianu Ronaldu O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar