22:04 / 15.06.2020
2 242

"Lokomotiv" ustozi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

"Lokomotiv" ustozi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
Coca Cola Superliga 4-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” hamda “Metallurg” jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng “temiryo‘lchilar” ustozi Andrey Fyodorov uchrashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘yindan so‘ng tahlil qilish qiyin. “Metallurg”ga qarshi so‘nggi yillarda qiyin uchrashuvlar o‘tkazayotgan edik. Odatda, uy yoki safar bahsidan qat’iy nazar kim birinchi gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Hisob 0:0 bo‘lib turgan vaqtda yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalanishimiz kerak edi. Shunda bahs butunlay boshqacha ssenariy ostida o‘tar edi.

To‘g‘ri, o‘yinni kuchaytirish uchun zahiradan tushgan futbolchilar hujumdagi agressivlikni oshirishdi, ammo ularga mahorat yetishmadi. Bunday uchrashuvlardan ular tajriba olishadi
”, - dedi Fyodorov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lokomotiv" ustozi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?