
Belarus mamlakatida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik futbolchi kuchliroq chempionatga o‘tishi mumkin.
"Jasur Yaxshiboyevga Belgiyaning "Standard" jamoasi jiddiy qiziqmoqda. Klub "Paxtakor"ga transfer masalasi bo‘yicha rasman so‘rov yuborgan va Yaxshiboyevning transfer qiymatini qancha baholanishini so‘ragan", - deb yozadi Shahboz Beg‘amov telegramdagi o‘z kanalida.
Ma’lumot uchun, o‘z mamlakatining 10 karra chempioni "Standard" klubi bu mavsum Belgiya chempionatida 5-o‘rinni egalladi va keyingi mavsum Yevropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Belgiya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan avval yakunlangan edi.
Ayni paytda Yaxshiboyev ijara asosida "Energetik-BGU" klubida o‘ynamoqda. 13ta turdan keyin "Energetik" 22 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Hamyurtimiz hozirga qadar 7ta gol urib to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda bormoqda.
YaxshiboyevBelgiyaning ChempionatiPaxtakor KlubiEnergetik-BGUTransfer MasalasiO‘zbekistonlik Futbolchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar