Biroz oldin U16 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hindiston... Bu yaxshi raqib emas... Bugungi kundagi saviyamizdan kelib chiqsak, kuchli raqib.
Saralashda bir guruhdan joy olgan edik. So‘nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirish evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgan edik.
Avstraliyaning nomi qolgan, huddi biz kabi. Teng o‘yin bo‘ladi, agar biz bugundan tayyorgarlikni boshlasak. Ammo koronavirus tufayli O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi barcha musobaqalar qoldirilgan. Avstraliyada esa allaqachon mashg‘ulotlar boshlanib ketgan. Bu tomondan ustunlik ular tomonida.
Janubiy Koreya... Qisqasi, O‘zbekiston o‘lim guruhidan joy oldi. Koreyada ham mashg‘ulotlar boshlanib bo‘lgan.
Bu terma jamoamizning omadi boshidan kelmadi.
Ammo harakat qilib ko‘rsa bo‘ladi. Toshkent shahar chempionatlardan, U 18, U 16 va 2-ligani boshlash juda muhim. Terma jamoaning barcha futbolchilari aynan shu ligalarda faoliyat olib boradilar.
S guruhida real vaziyatdagi holatimiz 2-o‘rin uchun kurash bo‘ladi. Shunday bo‘lgan taqdirda, bizni D guruhi favoriti Yaponiya kutib oladi.
Qo‘shnilarimiz Tojikistonga omad juda ham kulib boqdi. Ular o‘rtamiyona guruhga tushish bilan birga, JCH yo‘llanmasi uchun bahsda ishtirok eta olsalar A guruhining ikkinchi o‘rini bilan o‘ynaydilar. Tojikiston guruh favoriti.
Kechroq nima uchun O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bu kabi quyi saviyaga tushib ketganligi haqida batafsil maqola yozaman.
Nodirxo‘ja Yuldashev
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar