«Paxtakor» Toshkent derbisida yirik hisobda zafar quchish bilan birgalikda o‘zdarvozasi dahlsizligini ham saqlab qoldi.
Bunda albatta himoyachilarning xizmati katta. «Sherlar» safidagi tajribali himoyachilar «Bunyodkor» tarkibidagi hujumchilarning gol urishiga yo‘l qo‘ymadi. So‘zimizni tasdiqlagan Sherzod A’zamov shuning barobarida o‘zining fikrlarini ham bildirib o‘tdi.
“Tezkor gol ishimizni osonlashtirdi. Hammasi oddiy. Biz yaratgan vaziyatlardan unumli foydalandik. «Bunyodkor» futbolchilari esa o‘zlari uyushtirgan hujumlardan naf chiqara olmadi. Menimcha, ularga tajriba yetishmadi. «Bunyodkor» hali ko‘p jamoaga bosh og‘riq bo‘ladi. Umuman olganda o‘yin yoqdi. Faqat ikki omil g‘alabamizni ta’minladi. Yuqorida aytganimdek birinchi daqiqadagi gol va tajriba.
Raqib tarkibida asosan mahalliy yosh futbolchilar jamlangan. Ayniqsa hujum chizig‘ida bo‘y jihatdan kichik, lekin tezlik bo‘yicha yaxshi forvardlarning borligi ancha noqulaylik tug‘diradi. Ulardan bundan ham ko‘prog‘ini kutgandim”, - deydi Sherzod A’zamov.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)