O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» va «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin «temiryo‘lchilar» bosh murabbiyi Andrey Fyodorov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
«Bu kabi o‘yinlarni izohlash qiyin. Ikkinchi o‘yindirki, mag‘lubiyatga uchramoqdamiz. «So‘g‘diyona»dan aynan shunday o‘yin kutgandik. «Metallurg»ga qarshi bahsda juda ko‘plab imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdik. O‘tgan 4 kun ichida vaziyatlardan foydalanish ustida juda ko‘p ter to‘kdik. Demak, bu ham kamlik qilgan. Yanada yaxshiroq tayyorlanishga harakat qilamiz. Biz mag‘lubiyatli seriyani yakunlash uchun yechimni tez orada topamiz, deb o‘ylayman.
Ikkita mag‘lubiyat futbolchilarga og‘ir ruhiy zarba bo‘lishi tabiiy. Bizni bir nechta muhim futbolchilar tark etishdi. Baribir harakat qilishda davom etishimiz kerak», - deydi Fyodorov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)