Foto: Twitter
Futbol bo‘yicha Ukraina chempionatining 27-turida «Shaxtyor» Kiyevda «Aleksandriya»ni mag‘lub etdi va mamlakat chempioniga aylandi.
«Shaxtyor» safida Tete dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Tayson mualliflik qildi. Mehmonlarning javob gollari Yevgeniy Banada va Maksim Tretyakov tomonidan kiritildi.
Mazkur g‘alaba «Shaxtyor»ga 13-chempionlikni taqdim etdi. Donetskliklar klubi ketma-ket to‘rtinchi marta Ukraina Premer Ligasi g‘olibiga aylandi. 27 o‘yindan so‘ng «Shaxtyor» 71 ochko to‘pladi. 26 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi o‘rindagi «Dinamo Kiyev» hisobida 52 ochko mavjud.
«Shaxtyor» — «Aleksandriya» 3:2
Gollar: 1:0 – 13, penalti Tayson, 1:1 – 48 Banada, 1:2 – 51, penalti Tretyakov, 2:2 – 60 Tete, 3:2 – 78 Tete. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)