
O‘zbekiston Soca Cola Superligasi 5 turidan o‘rin olgan «Mash’al» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin «ajdarlar» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- O‘yin og‘ir kechdi. Biz chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda muammolarga uchramoqdamiz. Ikkinchi o‘yindirki, shu holat takrorlanyapti. Buning uchun bizning hujum chizig‘i vakillarimiz yaxshi o‘ynashi kerak. Ammo ular bugun maydonda umuman ko‘rinmadi. Bugun 4 ta hujumchi bilan o‘ynadik. Hech biri darvozaga zarba bera olmadi.
Undan tashqari «Mash’al» jamoasi bugun 5 kishilik himoyani yaxshi tashkil etdi. Yaxshi qarshi hujumlar ham uyushtirishdi. O‘yin shunday yakunlanishi kerak edi. Chunki biz vaziyat yarata olmadik, muborakliklar ko‘proq himoyalandi.
3 oylik karantin katta ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Tez orada jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yib olamiz, deb o‘ylayman.
Jamoamizda Dilshod Rahmatullayev sardor. U jamoamizdagi eng tajribali futbolchilardan hisoblanadi.
Biz Muborakdagi maydon bilan bog‘liq muammolar haqida bilardik. Shuning uchun ham bir kun avval kelib tayyorgarlik ko‘rdik. Kelgusida stadion holati yaxshilanishiga umid qilamiz», - deydi Berdiyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar