Bu haqda milliy chempionatimiz jamoalarining rasmiy sahifalarida ma’lum qilindi.
Jumladan, "Qo‘qon-1912" jamoasining "Telegram" sahifasida quyidagi mazmunda post qoldirilgan:
"Ertaga (bugun) Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan "Qo‘qon-1912" va "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi bahsdan oldin uchrashuv komissari Laziz Qo‘chqorov bilan miting o‘tkazildi. Unda PFL mutasaddisi Superliga o‘yinlarini o‘tkazish davomida amal qilinishi lozim bo‘lgan sanitariya-gigiyena qoidalarini eslatish barobarida ushbu turdan e’tiboran beriladigan ayrim yengilliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Unga ko‘ra, joriy turdan jamoa bosh murabbiylari o‘zlariga ajratilgan hududda niqobsiz o‘tirishlari mumkinligi aytildi. Undan tashqari, futbolchilar maydonga tushishlaridan oldin tribunadayoq kiyim almashtirishlariga ruxsat beriladi".
Shuningdek, "Bunyodkor" klubi rasmiy "Telegram" sahifasi bergan ma’lumotda yuqoridagilarga qo‘shimcha sifatida zaxiradagi futbolchilar chigalyozdi mashg‘ulotlarida 6 tagacha bo‘lgan miqdorda shug‘ullanishlari mumkinligi aytilgan. Bungacha ushbu holatda 3 tagacha futbolchi maydon chetida mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, respublikamiz hududida amalda bo‘lib turgan karantin holati tufayli Superliga bahslari muxlislarsiz o‘tkazilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)