00:05 / 26.06.2020
2 225

Vadim Abramov: “Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo‘lmasligimiz kerak?”

Vadim Abramov: “Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo‘lmasligimiz kerak?”
"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor"ga yirik hisobda yutqazganimizdan keyin muxlislar uchun ham bugun yutishimiz kerak, edi, yigitlar munosib o‘ynashdi, ularga rahmat. Raqibimiz tarkibida tajribali futbolchilar yig‘ilganiga qaramasdan, o‘yin bo‘yicha ustunlik qildik. Afsuski, deyarli hamma futbolchilarimizda katta tajriba yo‘q. Ular mana endigina ikkinchi yil yuqori ligada o‘ynashmoqda. Yirikroq hisobda yutishimiz ham mumkin edi.

- Tarkibda syuprizlar ko‘p bo‘ldi, bitta misol - Ibrohimhalil Yuldashev.
- Hech qanday syurpriz yo‘q. U yaxshi futbolchi ekanligini bilardim, bizda chap qanotda yo‘qotish borligi uchun Ibrohimhalil Yuldashevni ijaraga olgandik. Uning debyuti ajoyib chiqdi. "Lokomotiv"ni to‘la o‘rganib chiqqandik. O‘z o‘yinlarini ko‘rsatishlariga qarshilik ko‘rsatishga urindik.

Futbolchi klub safida terma jamoadan chaqiruv olish uchun bor imkoniyatini ishga solib o‘ynashi kerak. Alohida aytishim lozimki, ayrim texnik mahoratli futbolchilar borki, ularning o‘yini jamoaviy o‘yinga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Abduxoliqov yorqinroq o‘ynashi mumkin, barchasi jamoaviy o‘yinga bog‘liq.

Futbolchilarda katta tajriba yo‘q, o‘yin vaqtida ko‘rganingizdek, imkon qadar ularga buni uqtirishga harakat qilyapman.
"Manchester Siti" ham bitta hujumchi bilan o‘ynaydi, ammo hamma futbolchilari jarima maydonchasi ichiga talpinishadi.

- Internetda "Bunyodkor"ning tezkor qarshi hujumlarini APL klublariga qiyoslashyapti. Agar "Bunyodkor"ni ingliz klublariga solishtirsak, qaysi jamoani aytib o‘tgan bo‘lardingiz?
- Birinchi va ikkinchi o‘rindagi "Liverpul" va "Manchester Siti" degan bo‘lardim, ularga qarshi o‘ynasak, yaxshigina kurashgan bo‘lardik.
Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo‘lmasligimiz kerak?

- O‘yin boshidanoq, juda jahldor ko‘rinyapsiz, bu o‘tgan turdagi yirik mag‘lubiyatga bog‘liqmi?
- Ha, albatta, 0-5dan keyin hayajonga tushdim va bu hisob o‘yinga mos emasligini jamoaga tushuntirdim. Jamoa hammasini to‘g‘ri tushunishi menga muhimroq, muammolarimiz ko‘p, lekin yigitlar buni to‘g‘ri qabul qilib, mehnat qilishyapti, ularga rahmat.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: “Nega endi biz "Liverpul" yoki "Manchester Siti" bo‘lmasligimiz kerak?”