08:30 / 03.07.2020
1 602

"Real Madrid" ketma-ket 6-o‘yinda g‘alaba qozondi (video)

"Real Madrid" ketma-ket 6-o‘yinda g‘alaba qozondi (video)
Ispaniya chempionatining 33-turi doirasi "Real Madrid" - "Xetafe" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda "Real" "Xetafe"dan kuchliroq ekanligini isbotlay oldi (1:0).
Ushbu g‘alabadan so‘ng Zinedin Zidan jamoasi qatorasiga 6-o‘yinda zafar quchdi. Barcha g‘alaba La Liga doirasidagi bellashuvlarda qayd etildi.

Ushbu o‘yinlardagi raqiblar va hisob:
"Eybar" (uyda) 3:1
"Valensiya" (uyda) 3:0
"Real Sosedad" (safarda) 1:2
"Malorka" (uyda) 2:0
"Espanol" (safarda) 0:1
"Xetafe" (uyda) 1:0
Natijada, "Real" eng yaqin taqibchisi "Barselona"dan endi 4 ochko oldinda bormoqda va musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Real Madrid" – "Xetafe" 1:0 (0:0, 1:0)
Gol:
1:0 – 79, penalti Ramos.
"Real Madrid" – Kurtua, Mendi, Karvaxal, Varan (Militao, 33), Ramos, Modrich (Valverde, 63), Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Kazemiro, Vinisius Junior (Asensio, 63), Benzema (Mariano Dias, 90).
"Xetafe" – Soriya, Nom, Olivera, Suares (Djeyson, 75), Kukurelya (Duro, 69), Timor (Fajr, 84), Arambarri (Anxel Rodriges, 84), Djene, Maksimovich, Echeyta, Mata (Molina, 75).
Ogohlantirishlar: Timor (1), Karvaxal (15), Ramos (26), Modrich (45), Nom (47), Militao (47), Suares (52), Mata (72), Arambarri (83), Mariano Dias (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" ketma-ket 6-o‘yinda g‘alaba qozondi (video)