Foto: PFL
O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) Coca-Cola Superliganing 10, 11 va 12-tur uchrashuvlarini markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazish rejasini ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda PFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 10 iyul sanasidan karantin cheklovlari kuchaytirilgach, klublarda avia va temir yo‘l qatnovlari bo‘yicha qo‘shimcha muammolar bo‘lishini hisobga olgan holda, shunday qarorga kelingan va bu borada klublarga rasmiy xat chiqarilgan.
«Markazlashgan holatda biz birinchi navbatda Superliga uchrashuvlari davomiyligini saqlab qolamiz, uchrashuvlarni va klublarni nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan qisman xalos bo‘lamiz. Bunda, albatta, IIV, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi hamda MTRK, shuningdek, «Lokomotiv», «Bunyodkor», «Paxtakor», OKMK va «Metallurg» klublarining qo‘llab-quvvatloviga, qolgan jamoalarning esa chempionat uchrashuvlari to‘xtab qolmasligi yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarishlariga erishishimiz kerak bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Superliganing 8 turi o‘tkazildi. «Paxtakor» 21 ochko bilan musobaqa jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikdan esa OKMK (20) va «Bunyodkor» (16) joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi