17:51 / 10.07.2020
2 044

OFK 2020 yilgi musobaqalarning yakuniy taqvimini e’lon qildi

OFK 2020 yilgi musobaqalarning yakuniy taqvimini e’lon qildi
Foto: OFK
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) milliy terma jamoa va klublar miqyosidagi 2020 yilgi musobaqalarning yakuniy taqvimini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston mezbonlik qiladigan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 14 oktabrdan 31 oktabrga qadar o‘tkaziladi.
Avvalroq Osiyo Chempionlar Ligasi taqvimi e’lon qilingandi.

Osiyo Chempionlar Ligasi | G‘arb mintaqasi
14—24 sentabr | guruh bosqichi
26—27 sentabr | 1/8 final
30 sentabr | chorak final
3 oktabr | yarim final
5 dekabr | final

U-19 Osiyo chempionati
14—31 oktabr | O‘zbekiston

Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati
4—15 noyabr | Turkmaniston

U-16 Osiyo chempionati
25 noyabr — 12 dekabr | Bahrayn

Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati
2—13 dekabr | BAA

Yuqorida e’lon qilingan sanalar mintaqadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK 2020 yilgi musobaqalarning yakuniy taqvimini e’lon qildi