09:41 / 14.07.2020
1 477

Zinedin Zidan: "Kimning ochkosi ko‘proq bo‘lsa, o‘sha jamoa chempion bo‘ladi. Agar o‘zaro o‘yinga qaralganda..."

Zinedin Zidan: "Kimning ochkosi ko‘proq bo‘lsa, o‘sha jamoa chempion bo‘ladi. Agar o‘zaro o‘yinga qaralganda..."
"Qaymoqranglilar" murabbiyi "Granada" bilan o‘yindan avval savollarga javob berdi.
Zinedin Zidan odatdagidek savollarga o‘ziga xos usulda javob qaytardi.

Jamoa holati haqida
"Bu oxirgi hafta, uchta o‘yin qoldi. Bu eng qiyin vazifa va eng muhimi hamdir. Har bir jamoa maydonga qandaydir maqsad bilan chiqadi, biz bo‘lajak o‘yinda ijobiy natijaga erishish uchun qo‘limizdan va oyoqlarimizdan kelgan barcha ishni qilamiz".

"Barselona" chempion bo‘lishi mumkinligi borasida
"Mavsum oxirida kimning ochkosi ko‘proq bo‘lsa, o‘sha jamoa chempion bo‘ladi. Agar o‘zaro o‘yinga qaralganda g‘olib nomi ancha avval aniq bo‘lgan bo‘lardi".

"Quruq o‘yinlar" haqida
"Jamoa – bu doimiy balans degani. Biz nimalarga qodirligimizni bilamiz. Men Kurtua va butun jamoa uchun xursandman. Muhimi biz kurashyapmiz va g‘alabaga erishyapmiz".

Ochkolar hisob-kitobi
"Matematika bizning ish emas. Biz o‘yinlarni yutishimiz kerak. Bo‘lajak o‘yindan chalg‘imaslik lozim.

Karantindan keyin chempionat restarti haqida
"Vaziyat shuni taqozo etdi. Biz tezda o‘yinga qayta olganimiz va sport formamizni tiklaganimiz ajoyib bo‘ldi. Shu yo‘sinda davom etamiz deb, umid qilaman".

Jamoa kam gol urayotgani borasida
"Meni bu holat tashvishlantirmayapti va gap-so‘zlardan xayron ham emasman. Oldimizga ajoyib jamoa ekanligimizni isbotlash vazifasi qo‘yilgan va buni yomon uddalamayapmiz deb o‘ylayman. Odamlar nima desa deyaversin. "Real Madrid" – futbol tarixidagi eng muhim klublardan biri bo‘lib qolaveradi, buni o‘zgartirib bo‘lmaydi".

Jamoa haqida
"Maqsadamiz – "Granada" bilan o‘yin, qolgani haqida keyinroq gaplashamiz. Bizni murakkab bahs kutib turibdi va bor e’tiborni unga qaratishimiz zarur".

Gregori Dyupon borasida
"Dyupon – jismoniy tayyorgarlik borasida ajoyib mutaxassislardan hisoblanadi. Klubda ko‘plab o‘z ishining ustalari jam bo‘lgan. Dyupon klubga kelganiga ko‘p bo‘lmadi, lekin biz unga to‘liq ishonamiz. Aynan u futbolchilarni chempionatning hal qiluvchi pallasiga zo‘r tayyorlay oldi".

"Manchester Siti" bilan uchrashuv haqida
"Bizning bor energiyamiz bugungi o‘yinga qaratilgan".

Hakamlarning "Madrid"ga munosabati va bu boradagi gap-so‘zlar borasida
"Har kim o‘z fikrini bildirish huquqiga ega. Men odamlarning gapini muhokama qilib o‘tirmayman. Biz maydonda mehnat qilamiz. Vazifamiz har bir futbolchi o‘sishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilish".

Ferlan Mendi haqida
"Uning transferi shaxsan men klubdan so‘ragandim. Ushbu transferni rahbariyat bilan o‘rganib chiqtik va amalga oshirdik. Mendi yosh, iqtidorli futbolchi, lekin uni Marselo bilan solishtirmagan bo‘lardim. Mendi – kelajak futbolchisi va uning joyi shu yerda. U aynan biz bilan ekanligi ajoyib".

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zinedin Zidan: "Kimning ochkosi ko‘proq bo‘lsa, o‘sha jamoa chempion bo‘ladi. Agar o‘zaro o‘yinga qaralganda..."