15:21 / 17.07.2020
2 439

Moskvaning “Spartak” klubi O‘runovni oladimi? Bosh direktor javob berdi

Moskvaning “Spartak” klubi O‘runovni oladimi? Bosh direktor javob berdi
“Ufa”dan Moskvaning “Spartak” klubiga bosh direktor sifatida ko‘chib o‘tgan Shamil Gazizov yangi jamoasining o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovga bildirayotgan qiziqishiga javob berdi.

- Men uning nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. Lekin hozir aniq gap aytishga biroz erta. Jamoaning aniq nuqtalarini kuchaytirish kerak. Aynan qaysi o‘yinchilar orqali pozitsiyalar kuchaytirilishini aytmayman. Hammasi aniq bo‘lishiga xabar beramiz, - dedi Gazizov.

“Ufa”da yuqori saviyada o‘ynayotgan Oston O‘runovga “Spartak”dan tashqari Rossiya premer-ligasi yetakchilari – “Zenit”, “Lokomotiv” va “Krasnodar” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Moskvaning “Spartak” klubi O‘runovni oladimi? Bosh direktor javob berdi