3 336
Jasur Jaloliddinov transferi 1 mln yevroga baholandi. Bu miqdorning bor-yo‘g‘i 10 foizi «Bunyodkor»ga tegadi
Foto: «Bunyodkor»
«Bunyodkor» yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov Moskvaning «Lokomotiv» klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
«Chempionat» nashrining xabar qilishicha, «Lokomotiv» Jaloliddinov uchun 1 million yevro sarflaydi. Uning 100 ming yevrosi futbolchining «Bunyodkor» bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishga sarflanadi, qolgan 900 ming yevro esa Jasurning agentlariga nasib etadi. Shuningdek, 18 yoshli futbolchi 2020 yil oxirigacha ijara asosida toshkentliklar safida qoladi.
Shu tariqa «Bunyodkor» avval xabar berilganidek transferdan 350 ming yevro ishlab ololmaydigan bo‘ldi.
Jaloliddinov joriy mavsum O‘zbekiston chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Jasur Jaloliddinov — 2002 yil 15 mayda Navoiyda tug‘ilgan. 2018 yil 2 avgust sanasida «Bunyodkor» safida Superliga doirasida debyut o‘yinini «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘tkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u O‘zbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019 yil oktabrida The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning eng iste’dodli 60 futbolchisi ro‘yxatida qayd etilgan. 2019 yil yakunlariga ko‘ra, Superliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. 2019 yil dekabrida Italiyaning «Benevento» klubi ko‘rigida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi