
Super o‘rta vaznda (76 kg) faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyev (5-0, 4 KO) AQSHga yo‘l olganligi va navbatdagi jangini o‘tkazishi borasida xabar bergan edik.
Dastavval, Meliqo‘ziyevni 24 iyul kuni ringga ko‘tariladi, degan xabarlar paydo bo‘lgandi. Keyinchalik esa, ba’zi manbalar mahoratli bokschimiz ishtirokidagi to‘qnashuv 28 avgustda Xorxe Linares va Xaviyer Fortuna jangining anderkardida reja qilinayotganligi haqida ma’lum qilgandi. Mazkur xabar o‘z tasdig‘ini topib, yurtdoshimiz 28 avgust kuni navbatdagi jangida meksikalik Alan Kampaga (17-5, 11 KO) qarshi bahs yuritadigan bo‘ldi.
Bektemir ushbu jangda meksikalik raqibidan o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Continental Americas kamarini himoya qiladi. Ushbu qarama-qarshilik 10 raund qilib belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar