“Shaxtyor” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub jamoasiga yangi qo‘shilib, uchta uchrashuvda raqiblar darvozasiga uchta gol urgan o‘zbekistonlik legioner Jasur Yaxshiboyev haqida iliq fikrlarini bildirdi.
- Yaxshiboyev jismonan yaxshi shakllangan ajoyib futbolchi. Maydonni yaxshi ko‘ra oladi, tezligi ham bor. Men uning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. Eng muhimi, u rivojlanishdan to‘xtab qolmasligi kerak. Hozirgidek maydonga chiqib, ter to‘kib, nimaga qodirligini ko‘rsatishda davom etishi zarur.
Oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz va ularni hal qilish uchun mavsum oxirigacha Yaxshiboyevni oldik. Vaqt ko‘rsatadi, balki u bilan hamkorlikni yanada uzaytirish yo‘li topilib qolar, - dedi Yuriy Vernidub.
Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida yetakchilik qilmoqda. Shuningdek u joriy mavsumning eng foydali futbolchisi ham hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?