Alisher Usmonovga tegishli kompaniya SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi

Foto: SSKA
Rossiyaning ko‘p tarmoqli IT-kompaniyasi «IKS Xolding» SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi.
Rossiya va chet elning 30 dan ziyod kompaniyalarini o‘zida birlashtirgan xolding moskvaliklar klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
SSKA libosining old qismida, «VEB Arena» stadionining devorlarida, klubning chop etiladigan barcha materiallari va internet resurslarida kompaniya logotiplari aks etadi.
Aprel oyida «IKS Xolding»ning 100% aksiyasi Alisher Usmonovga tegishli USM xolding tasarrufiga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.
SSKA Rossiya Premer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 4-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Rossiyaning ko‘p tarmoqli IT-kompaniyasi «IKS Xolding» SSKA futbol klubining bosh homiysiga aylandi.
Rossiya va chet elning 30 dan ziyod kompaniyalarini o‘zida birlashtirgan xolding moskvaliklar klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
SSKA libosining old qismida, «VEB Arena» stadionining devorlarida, klubning chop etiladigan barcha materiallari va internet resurslarida kompaniya logotiplari aks etadi.
Aprel oyida «IKS Xolding»ning 100% aksiyasi Alisher Usmonovga tegishli USM xolding tasarrufiga o‘tgani ma’lum bo‘lgandi.
SSKA Rossiya Premer Ligasining 2019/20 yilgi mavsumida 4-o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…