19:30 / 04.08.2020
2 717

Mayk Tayson: «Roy Jonsni nokautga uchratmoqchiman»

Mayk Tayson: «Roy Jonsni nokautga uchratmoqchiman»
Foto: Yandex Photos
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson navbatdagi jangda raqibi Roy Jonsni nokautga uchratmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

«Mening tabiatim avvalgidek, imkon topishi bilan yo‘q qiladi. Shuhratimning qaytishini sabrsizlik bilan kutyapman.
Uni nokautga uchratmoqchiman. Qaysi raundda? Buni jang davomida hal qilamiz
», — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli Tayson va 51 yoshli Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali jang 12 sentabr kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005 yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson: «Roy Jonsni nokautga uchratmoqchiman»