
"Buxoro" murabbiylar shtabi yana bir xorijlik mutaxassis bilan kuchaytirildi.
"Buxoro" jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Jamshid Saidov o‘zining shtabiga o‘zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan, ruminiyalik mutaxassis Augustin Chiritsani qo‘shib oldi. U jamoada doimgidek jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha faoliyat olib boradi.
Ushbu murabbiy bundan avval "Bunyodkor", "Sug‘diyona" jamoalarida Sergey Lushanga yaqindan ko‘maklashgan edi . Shuningdek O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yil Urugvayga qarshi bahsga tayyorlashda yordam bergan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar