
Yozgi transferlar davrida “Bunyodkor”dan “Lokomotiv” Moskvaga ko‘chib o‘tgan Jasur Jaloliddinov bugun yangi jamoasida rasman ommaga tanishtirildi. Iste’dodli hamyurtimiz tanishtiruv marosimida ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
- “Lokomotiv” muxlislari qanchalik ajoyib ekanini yaxshi bilaman. Men shu yerdaman va umid qilamanki, ularni xursand qilaman.
Kumirim – Aleksey Miranchuk. Bu rost. U bilan birga shug‘ullanayotganimdan mamnunman. U bilan birga yuqori darajaga erisha olishimga ishonaman. “Lokomotiv”da yaxshi jamoa bor. Barcha yigitlar yaxshi. Ularning orasida rivojlana olaman, - deydi o‘zbekistonlik futbolchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar