00:09 / 10.08.2020
2 257

Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - "So‘g‘diyona" 5:2

Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - "So‘g‘diyona" 5:2
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Azizbek Turg‘unboyev hisobni ochdi - 1:0. Birinchi taym oxirida Xojimat Erkinov ikkinchi bor "So‘g‘diyona" darvozasini ishg‘ol qildi - 2:0.

65-daqiqada Temurxo‘ja Abduxoliqovning to‘p uzatishidan keyin Oybek Bozorov hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 3:0. Oradan 4 daqiqa o‘tgach Bozorov o‘z dublini rasmiylashtirdi - 4:0.
74-daqiqada Nurillo To‘xtasinov raqib futbolchisini bosib o‘tgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Shohruz Norxonov 80-daqiqada "So‘g‘diyona"ning birinchi javob golini urdi - 4:1. Oradan 5 daqiqa o‘tgach Daniyel Nasriddinov hisobni yana qisqartirdi - 4:2.
89-daqiqada Sanjar Qodirqulov yakuniy natijani o‘rnatdi - 5:2.

O‘zbekiston MTJ - "Co‘g‘diyona" 5:2
Gollar:
Azizbek Turg‘unboyev 11, - 1:0. Xojimat Erkinov 41, - 2:0. Oybek Bozorov 65, - 3:0. Oybek Bozorov 69, - 4:0. Shohruz Norxonov 80, - 4:1. Daniyel Nasiddinov 85, - 4:2. Sanjar Qodirqulov 89, - 5:2.

O‘zbekiston MTJ: O‘tkir Yusupov, Islom Qobilov, Dilshod Ahmadaliyev, Igor Golban, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Qodirqulov, Sharof Muhitdinov, Xojimat Erkinov, Lutfulla To‘rayev, Azizbek Turg‘unboyev, Bobir Abdixoliqov.
Zaxiradan tushganlar: Mashhur Muhammadjonov, Abdulla Abdullayev, Husniddin G‘ofurov, Abbos G‘ulomov, Jasur Hasanov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Oybek Bozorov, Husniddin Aliqulov.
Chetlatish: Nurillo To‘xtasinov 74.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston MTJ - "So‘g‘diyona" 5:2