
O‘zbekiston milliy jamoasining oktabr va noyabr oylariga mo‘ljallangan JCH-2022 saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazilmaydi. Bu haqda «Tribuna.uz» xabar berdi.
Sayt manbasiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyat tufayli, 2020 yil yakuniga qadar milliy jamoalarning rasmiy o‘yinlariga taqiq qo‘yilgan. JCH-2022 saralash o‘yinlarining barchasi 2021 yilga qoldirilgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 saralashining 2-bosqichida 13 oktabr kuni safarda Yaman bilan, 12 noyabr kuni o‘z maydonida Singapur bilan, 17 noyabr kuni safarda Saudiya Arabistoni bilan o‘ynashi lozim edi.
Bundan tashqari, 4 sentabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentabr kuni Eron bilan Toshkentda o‘rtoqlik bahsida maydonga tushishi rejalashtirilgan edi.
O‘zbekiston Milliy JamoasiJCH-2022 SaralashKoronavirus PandemiyasiO‘yinlar QoldirildiRasmiy O‘yinlarO‘rtoqlik Bahsi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar