16:50 / 16.08.2020
2 308

«Ehtimol yanada kuchli bo‘larman...» - Xabib Nurmagomedov

«Ehtimol yanada kuchli bo‘larman...» - Xabib Nurmagomedov
UFC Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangga tayyorgarlikni boshladi. U 24 oktabr kuni Abu-Dabidagi «Fight Island»da amerikalik Jastin Geydjiga qarshi bahs olib boradi. Bu Xabibning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmagomedovning koronavirusdan vafotidan keyingi ilk jangi hisoblanadi.

Ushbu yo‘qotish, uni jangga tayyorgarligiga qanchalik ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Ushbu savolga sportchi quyidagicha javob berdi:

«Biz juda yaqin munosabatlarga ega edik. Albatta, hech narsa jangga e’tibor qaratishimga xalal bermaydi, desam bu, noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu, albatta, menga xalaqit beradi, deb o‘ylayman. Bilmayman, ehtimol bu his-tuyg‘ular meni boshqa darajaga olib chiqadi va men yanada kuchli bo‘larman. Har qanday sinovlar sizni sindirishi yoki kuchliroq qilishi mumkin. Va biz buni vaqt o‘tishi bilan bilib olamiz».

Hozirda Jastin Geydji, Toni Fergyussondan yutib olgan UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamariga ega.
Xabib so‘nggi jangchini 2019 yil 7 sentabr kuni amerikalik Dastin Puarega qarshi o‘tkazib, g‘alabaga erishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Ehtimol yanada kuchli bo‘larman...» - Xabib Nurmagomedov