
Oston O‘runovning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga Gussi va Louis Vuitton brendlaridan qimmatbaho xaridlari suratini joylashtirgani va keyinroq rasmlarni o‘chirib tashlaganiga ko‘pchilik turlicha munosabat bildirmoqda.
Futbolchining Rossiya premer-ligasi va keyinchalik Moskva klubiga ko‘chib o‘tishda asosiy vazifani bajargan “Spartak” bosh direktori Shamil Gazizov ham bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- O‘runov qo‘ygan surat kulguga sabab bo‘ldi. U tez tanilib boryapti. Oston yosh va uning uchun hammasi oldinda, - dedi Shamil Gazizov.
Avvalroq, O‘runovning jamoadoshi Ayrton ham hazil tariqasida Ostonga taqlid qilib, quyidagi suratni qo‘ygandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar