09:05 / 18.08.2020
2 666

Otabek Umarovning MMA assotsiatsiyasiga qaytmagani ma’lum bo‘ldi

Otabek Umarovning MMA assotsiatsiyasiga qaytmagani ma’lum bo‘ldi
Foto: O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi
4 avgust, juma kuni Otabek Umarov vaqt masalasida qiyinchiliklar yuzaga kelgani sabab o‘zi rahbarlik qilib kelgan tashkilotlar — Triatlon federatsiyasi hamda MMA assotsiatsiyasidan ketishini e’lon qilgandi.

Shundan so‘ng Triatlon federatsiyasi raisligiga O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi rahbarligiga esa Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonovning saylangani ma’lum qilindi.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha aralash jang san’ati ustalarining videomurojaati paydo bo‘ldi. Unda sportchilar Otabek Umarovdan assotsiatsiya rahbarligini tark etmasligini so‘ragan. Shundan so‘ng ayrim manbalarda 17 avgust kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgani va Otabek Umarov MMA assotsiatsiyasida yangi lavozimda faoliyat olib borishi haqida xabarlar tarqatildi.

«Daryo» muxbiri vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston MMA assotsiatsiya vakillari bilan bog‘landi. Ma’lum qilishlaricha, 17 avgust, dushanba kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida MMA assotsiatsiyasining yangi prezidenti Bahodir Qurbonov (Mudofaa vaziri), Otabek Umarov va sportchilar, murabbiylar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Foto: O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi[sup][/sup]
Yig‘ilishda Otabek Umarov avval ta’kidlab o‘tganidek, O‘zbekistonda MMA sporti rivojini va assotsiatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytib, jamoa o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga Bahodir Qurbonov rahbarligida erisha olishini qayd etgan.

Shuningdek, MMA assotsiatsiyasi rahbariyatida boshqa hech qanday o‘zgarish ro‘y bermagani aytiladi. Ta’kidlanishicha, tashkilotning birinchi vitse-prezident sifatida Sherzod Tashmatov, vitse-prezident lavozimida Murod Xonto‘rayev, ijrochi direktor sifatida Zafar Qahramonov faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, Otabek Umarov 2019 yilning 7 martida O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga rais bo‘lgandi. 2019 yil 8 noyabrida esa yangi tashkil etilgan O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi prezidentiga aylangandi. Shuningdek, 2020 yil 9 fevralida uning yangi tuzilgan O‘rta Osiyo MMA konfederatsiyasi rahbariga aylangani haqida xabar berilgandi. Umarovning bu tashkilot rahbarligidan ketgani yoki ishlashda davom etishi haqida ma’lumot berilmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Otabek Umarovning MMA assotsiatsiyasiga qaytmagani ma’lum bo‘ldi