20:50 / 28.08.2020
2 890

«Lokomotiv» Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan o‘tkazdi

«Lokomotiv» Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan o‘tkazdi
Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachi Jasur Jaloliddinovni Rossiya Premer-ligasining 2020/21 yilgi mavsumi uchun qaydnomadan o‘tkazdi. Bu haqda RPL rasmiy sayti ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, «temiryo‘lchilar» «Bunyodkor»dan o‘tgan futbolchining transferidagi barcha qiyinchiliklarni hal qilishgan.

Avvalroq O‘zbekiston professional futbol ligasi Jaloliddinov shartnomasini bekor qilib ketganini xabar qilib, transferni tekshirish kerakligini talab qilgandi.

«Bunyodkor» «Lokomotiv»ga 18 yoshli o‘zbekistonlik futbolchining transferiga oid barcha hujjatlarni yubordi.

Avvalroq moskvaliklar Jaloliddinov uchun 1 mln yevroga yaqin pul to‘lagani xabar qilingandi. «Bunyodkor»ning sobiq bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev esa yosh futbolchining 350 ming yevroga transfer qilinganini aytgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan o‘tkazdi