17-29 avgust kunlari Superliga klublari ishtirokida o‘zbekcha "Boksing dey" guvohi bo‘ldik.
Qisqa vaqt ichida o‘tkazilgan 4ta turdan so‘ng Superliga birinchi davrasiga yakun yasaldi. "Boksing dey"da kimdir o‘zini ko‘rsatgan bo‘lsa, kimdir aksincha kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi.
Endi sentabrdan musobaqa yana uy-safar tarzida davom ettiriladi. Ikkinchi davraning dastlabki to‘rtta turini kelasi oyda o‘tkazish mo‘ljallangan. Taqvim ham tayyor. O‘ylaymizki, ikkinchi davra yanada shiddatli kurashlarga boy kechadi.
"Boksing dey"da bo‘lib o‘tgan 4 turda eng ko‘p ochko yig‘gan jamoa "Paxtakor" bo‘ldi. Shota Arveladze shogirdlari to‘rtta uchrashuvning hammasida zafar quchishdi. "Sherlar" qisqa vaqt oralig‘ida "Qo‘qon-1912", "Nasaf", "Lokomotiv" va "Andijon"dan ustun kelishdi.
Bu borada keyingi o‘rinni "Qo‘qon-1912" egalladi. Qo‘qonliklar ketma-ket uchta bellashuvda g‘alaba qozonib 9 ochko jamg‘arishdi. Ashurmatov shogirdlari oxirgi uch bellashuvda "Lokomotiv", "Andijon" va "Navbahor"ni mag‘lub etishdi. Bu borada keyingi o‘rinlarni 8tadan ochko bilan AGMK va "Qizilqum" jamoalari egallashdi.
"Boksing dey"da birorta ochko jamg‘ara olmagan "Lokomotiv" bo‘ldi. "Temiryo‘lchilar" oxirgi to‘rtta o‘yinning barchasida imkoniyatni boy berib, AGMK, "Qo‘qon-1912", "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi bahslarda mag‘lub bo‘lishdi.
1. "Paxtakor" - 12 ochko. (4 g‘alaba)
2. "Qo‘qon-1912" - 9 ochko. (3 g‘alaba)
3. AGMK - 8 ochko. (2 g‘alaba, 2 durang)
4. "Qizilqum" - 8 ochko. (2 g‘alaba, 2 durang)
5. "Nasaf" - 7 ochko. (2 g‘alaba, 1 durang)
6. "Mash’al" - 7 ochko. (2 g‘alaba, 1 durang)
7. "Bunyodkor" - 6 ochko. (1 g‘alaba, 3 durang)
8. "Metallurg" - 6 ochko. (2 g‘alaba)
9. "So‘g‘diyona" - 5 ochko. (1 g‘alaba, 2 durang)
10. "Buxoro" - 4 ochko. (1 g‘alaba, 1 durang)
11. "Navbahor" - 2 ochko. (2 durang)
12. "Surxon" - 1 ochko. (1 durang)
13. "Andijon" - 1 ochko. (1 durang)
14. "Lokomotiv" - 0 ochko. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi