
Rossiya premer-ligasining oltinchi turi “Spartak” futbolchilari uchun unutilmas voqelik bo‘ldi. Xususan, “Arsenal”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda debyut qilgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning qadami jamoasi uchun qutlug‘ keldi.
Ushbu bahsda 2:1 hisobida zafar quchgan “Spartak” uch yilu uch oydan so‘ng ilk marotaba chempionat peshqadamiga aylandi. Moskvaliklar so‘nggi bor 2017 yilning 21 may kuni chempionat jadvalining birinchi pog‘onasida ko‘tarilgan edi. Yana taxtga qaytish uchun 1197 kun kerak bo‘ldi.
Ayni payda “Spartak” hisobida 14 ochko bor. Amaldagi chempioni “Zenit” oltinchi turdagi “Lokomotiv” bilan durangdan so‘ng bir ochkoga ortda qolmoqda. Kutilmaganda “Sochi” 12 ochko bilan uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Rossiya Premer-ligasiSpartak FutbolchilariOston O‘runovArsenal UchrashuviChempionat PeshqadamiSochi O‘rni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar