16:47 / 09.09.2020
3 322

Arnold Shvarsenegger va Jorj Bush olqishlagan o‘zbekistonlik pahlavon kimligini bilasizmi?

Arnold Shvarsenegger va Jorj Bush olqishlagan o‘zbekistonlik pahlavon kimligini bilasizmi?
Dunyodagi eng kuchli polvonlardan biri, o‘zbekistonlik Faxriddin Axnazarov Gomel (Belarus) shahri sirkida boshlanadigan yangi kuzgi mavsumda eng asosiy chiqishlardan birini amalga oshiradi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

«Gomelskiye vedomosti»ning yozishicha, tomoshabinlar uni har doim katta hurmat bilan tik oyoqda turib kutib oladi. Muallifning ta’kidlashicha, o‘zbek polvonining bir necha ko‘rsatkichi allaqachon Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Faxriddin Axnazarov oddiy inson kuchi yetmaydigan ishlarni bajarishga qodir: u qo‘li bilan yog‘ochga mix qoqa oladi, tishlari bilan 500 kilogramm yukni va bitta barmog‘i bilan 50 kilogrammlik toshni ko‘taradi.

Birlashgan Arab Amirliklaridagi gastrol safarida u yuk bilan to‘ldirilgan sakkizta og‘ir yuk mashinasini torta olgan, deb xabar bergan «Gomelskiye vedomosti».

O‘z vaqtida o‘zbekistonlik pahlavonni amerikalik kino yulduz va Kaliforniyaning sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger, AQSHning 43-prezidenti Jorj Bush va boshqa taniqli shaxslar olqishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arnold Shvarsenegger va Jorj Bush olqishlagan o‘zbekistonlik pahlavon kimligini bilasizmi?