Yengilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev sports.uz internet portali bilan bog‘lanib, 9 sentabr kuni shogirdi Doston Bozorov MMA bo‘yicha to‘rtinchi jangini o‘tkazishini ma’lum qildi.
- Doston asli erkin kurash bilan shug‘ullangan. Sakkiz oy muqaddam Moskvaga o‘zim bilan olib kelgan edim. Shu yerda menga qarashli "Shohjahon_gym" klubida aralash jang san’atlari bilan jiddiy shug‘ullana boshladi. Men unga bokschilarga xos kuchli zarba yo‘llash usullarini ham o‘rgatdim. Uning ham zarbasi kuchli va kurashda ham ancha mahoratli sportchi.
9 sentabr kuni Moskvadagi Irina Viner-Usmonova gimnastika saroyida mashhur yakkakurash ustasi Habibning otasi - marhum Abdumanap Nurmagomedovning xotirasiga bag‘ishlangan katta turnir tashkil etiladi. Ushbu anjuman doirasida bo‘ladigan MMA bellashuvlarida professional jang ustalari oktagonga ko‘tariladi.
To‘g‘risi, bu jang nafaqat Dostonga, balki ustoz sifatida avvalo o‘zimga va klubimizga katta sinov bo‘lib xizmat qiladi. Shunday bo‘lsa-da, men shogirdimga ishonaman. Uni biz erkalab, “Samuray” deb chaqiramiz. O‘zi ham samuraylardek chidamli, chaqqon va tezkor. Aql bilan jang qilishni yaxshi ko‘radi, - dedi Shohjahon Ergashev.
Doston Bozorov shu kunga qadar aralash jang san’atlari bo‘yicha uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Uning navbatdagi raqibi rossiyalik Gela Beridze bo‘ladi. Bu sportchi hisobida bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat bor.
Bozorov va Beridze o‘rtasidagi jang yarim o‘rta vaznda tashkil etilmoqda.
O‘z navbatida Shohjahon Ergashevning o‘zi ham professional boks bo‘yicha navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko‘ryapti. Ma’lumotlarga qaraganda, u 21 sentabr kuni Sankt-Peterburg shahrida tashkil etiladigan “Nokaut Qirollari” super turnirida ringga ko‘tariladi. Hozircha, hamyurtimizga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Shohjahonning o‘zi raqib kimligining ahamiyati yo‘qligi, har bir jangga mas’uliyat bilan puxta tayyorgarlik ko‘rishga odatlangani va faqat g‘alaba uchun ringga chiqishini ma’lum qildi.
Shohjahon Ergashev faoliyati davomida 18 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan va 16 ta uchrashuvda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan. O‘zbek bokschisi o‘z vazn toifasida yengilmas hisoblangan Maykl Foks (19-0), Sonni Fredrikson (18-0) kabi taniqli bokschilar ustidan ham ishonchli g‘alabaga erishgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda